O‘zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida joriy mavsumdagi eng yaxshisi bo‘lgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. 3-turda jami 85 209 nafar muxlislar stadionlarda Superliga uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Bu ko‘rsatkich esa muxlislar o‘rtasida o‘zbek futboliga yana qiziqish paydo bo‘lganidan darak beradi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu ko‘rsatkich mavsum davomida yanada oshishiga ishonch bildirib o‘tdi.
“Yurtimizda o‘zbek futboliga nisbatan qiziqish deyarli so‘ngandi. O‘tgan mavsumda Oliy liga o‘yinlarida stadionlar “huvillab” yotdi. Uchrashuvlarning boshlanishi noqulay vaqtga qo‘yilgani, futbol o‘yinlaridagi noxolisliklar, ba’zi hakamlarning adolatsiz ravishda o‘yinlarni boshqarishi muxlislarning ko‘nglini futboldan sovutgandi.
Yangi mavsum arafasida Superliga uchrashuvlariga muxlislar o‘rtasida qiziqishni orttirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Birinchi navbatda o‘yinlar boshlanishini muxlislar uchun qulay vaqtga belgiladik. Hakamlar saviyasini oshirish, ularning o‘yinlarni xolis boshqarishlarini ta’minlash maqsadida ularga turli yig‘inlar tashkil etildi, hakamlar maoshlari oshirildi. Futbolda adolatni ustuvor qilishga intilmoqdamiz. Buning samarasini barcha ko‘rib turibdi.
Muxlislar yana stadionlarga qaytmoqda, bu esa futbolimizga qiziqish ortayotganidan darak beradi.
Joriy mavsumda Superliganing 3ta turida uchrashuvlarga jami 223 665 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu bitta turdagi uchrashuvlar soni 6taga qisqarganidagi holat. Taqqoslash uchun, o‘tgan mavsumda Oliy ligada 16ta jamoa qatnashgan, tabiiyki, o‘yinlar soni ko‘proq bo‘lgan. 2017 yilda dastlabki 3ta turda stadionlarga jami 133 760 nafar muxlis kelgan. Guvohi bo‘layotganingizdek, jamoalar va o‘yinlar soni qisqargan Superliganing dastlabki 3ta turida avvalgi yilga qaraganda 100 ming nafardan ko‘proq muxlis stadionga keldi.
Superliganing har bir uchrashuvi kurashlarga boy, shiddatli tarzda kechmoqda. Kelasi turlarda o‘yinlar yanada qizg‘in ko‘rinish oladi, har bir ochko uchun jamoalar jon-jahdlari bilan kurashishadi. Bu esa yanada ko‘proq muxlislarni stadionlarga chorlashi aniq. Muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirish, ularga qulayliklar yaratish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Jumladan, stadionlarda maxsus oilaviy sektorlar tashkil qilindi, stadionlarda taom va ichimliklar sotiladigan do‘konlar ko‘paytirildi. Bu ham muxlislarni o‘ylab amalga oshirilgan ishlardan biri.
O‘z o‘rnida yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga kelib, futbol uchrashuvlarini tomosha qilishga chaqirib qolamiz. Futbol Siz aziz muxlislar uchun”, - deydi Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi