18:21 / 26.03.2018
4 442

Aliu Sisse: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinning ilk 15 daqiqasi juda qiyin kechdi"

Алиу Сиссе: "Ўзбекистонга қарши ўйиннинг илк 15 дақиқаси жуда қийин кечди"
Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Aliu Sisse O‘zbekistonga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘zbekistonga qarshi kechgan o‘yinning ilk 15-daqiqasida juda qiynaldik, ammo birinchi bo‘limda gol urish uchun kamida oltita imkoniyatga ega edik. Ko‘pchilik o‘yin uslubimizni tanqid qilmoqda, biz o‘zgacha tizim yaratmoqchimiz. Menga taktika muhim emas, muhimi o‘yin tuzilishi va voqealar rivoji.

3-5-2 taktikasi haqida ko‘p bosh qotirgandim, ammo o‘tgan yili buni sinab ko‘rishga imkon bo‘lmadi. Mana bunday o‘rtoqlik o‘yinlari esa ushbu uslublarni sinab ko‘rishga yordam beradi.

Men yig‘inga 30 futbolchini jalb etdim va ularga imkon bermaslik adolatdan emas. Bosniyaga qarshi butkul boshqa tarkibni ko‘rasiz.

Jamoa yulduzlari? Men har doim aytganman, futboldagi yulduz – bu jamoa. Men o‘z jamoamning harakatidan qoniqdim. Faqat jamoaviy o‘yin ko‘rsatgan taqdirimizdagina biror nimaga erisha olamiz.

JCh-2018 musobaqasida juda kuchli raqobatga duch kelishimizni bilamiz. Biz u yerga yosh va tajribasiz jamoa bilan yo‘l olmoqdamiz», - deydi sherlar ustozi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aliu Sisse: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinning ilk 15 daqiqasi juda qiyin kechdi"