3 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o‘yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bugun, 2 aprel kuni mazkur o‘yin oldidan bir qator o‘yinoldi tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00da) har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tadi. Unda o‘yin kuni tomonlar qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari masalasiga oydinlik kiritiladi. Bu haqda "Lokomotiv" rasmiy sayti xabar bermoqda.
So‘ng mahalliy vaqt bilan soat 16:00da “Lokomotiv” jamoasi ustozi va bir nafar yetakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00dan boshlab esa “Lokomotiv” futbolchilari o‘yin bo‘ladigan “Zayed Sports City” o‘yingohida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:10da “Zayed Sports City” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?