Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshi kechgan o‘yinda nursiz durang hisobi qayd etildi.
Ushbu uchrashuvda mehmonlar yopiq o‘yin ko‘rsatishdi, qarshiliklar esa ularning chuqur himoyasini yorib o‘tolmadilar. O‘yingohga yig‘ilgan muxlislar gol ko‘rishmadi.
Shu tariqa, forslar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan natijani qo‘lga kiritdilar. “Nasaf” esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan deyarli quruq qoldi.
OCHL-2018. “S” guruhi, 5-tur
“Nasaf” – “Persepolis” 0:0 (0:0, 0:0)
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G‘aniyev (Doniyor Narzullayev 77), Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov, Islom Kenjaboyev (Dragan Cheran 62), Igor Golban, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov (Sharof Muhitdinov 88), Umarbek Eshmurodov.
“Persepolis”: Alirizo Berovand, Sodih Muharrami, Said Jalol Husayni, Farshod Axmadzoda, Komil Kamilobi Ziyo, Husayn Mohiyni, Muhammad Ansori, Muhsin Robi Xon, Vohid Amiri (Ali Muslix Taklimi 87), Ali Alipur (Bashar Buniyan 90+1), Siyomak Ne’mati (Axmad Nurullohi 69).
Ogohlantirish: G‘aniyev (76).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?