Rossiyadagi JCh-2018ning o‘tkazilish kunlari aniq bo‘ldi


FIFA ijroqo‘mi 2018 yilda Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining o‘tkazilish kunlarini tasdiqladi. Rossiyadagi jahon birinchiligi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida FIFA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, chempionat o‘yinlarini qabul qiladigan shahar va o‘yingohlar ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, turnir o‘yinlari Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov, Sochi va Yekaterinburg shaharlaridagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Rossiyada JCh-2018dan bir yil oldin, 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuligacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Konfederatsiyalar Kubogi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi. Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlari uchun esa Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Rostov shaharlaridagi maydonlar tayyorlanmoqda.
Manba: Kun.uz































Izohlar 0
…