
Chempionlar Ligasining chorak finalida “Liverpul” “Manchester Siti”ni qabul qildi. Liverpuldagi “Enfild” stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Liverpul” futbolchilari barcha gollarni birinchi bo‘limda urishdi - Muhammad Saloh, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Sadio Mane gollarga mualliflik qilishdi. Bu gollarga Robertro Firmino, Jeyms Milner va Saloh hammuallif bo‘lishdi.
Javob uchrashuvi “Manchester Siti”ning uy stadioni “Etihad”da 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi
Chorak final
Liverpul – Manchester Siti 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Saloh, 2:0 – 20 Oksleyd-Chemberlen, 3:0 – 31 Mane.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino (Solanke, 71), Oksleyd-Chemberlen (Moreno, 85), Saloh (Veynaldum, 53), Milner, Mane, Xenderson.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Laport, Uoker, de Bryuyne, Gyundogan (Sterling, 57), Silva, Fernandino, Sane, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Otamendi (45), Gabriel Jezus (76), de Bryuyne (80), Xenderson (86), Sterling (90).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar