
“Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari VIII mavsum guruh bosqichini Amerika mintaqasi jamoalari - “Cuba Domadores”, “Colombia Heroicos” va “Caciques Venesuela” bilan kuch sinashmoqda.
Jamoamiz guruhdagi 5-6-tur uchrashuvlarini Termiz shahrida Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Har ikki uchrashuvning bu yerda o‘tkazilishiga sabab Venesueladagi notinch vaziyatdir.
Unga ko‘ra, 6-7 aprel kunlari S1 va S2 jamoalari bokschilari ringga chiqadi va muxlislar jami 10 ta jang guvohi bo‘lishadi. Janglarga “Alpomish” sport saroyi mezbonlik qiladi.
Ayni damda “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” (bu jamoa hisobida 1 uchrashuv qolgan – SPORTS.uz) jamoalari bir xil - 7 ochkodan to‘plagan, biroq kolumbiyalik bokschilarining mag‘lubiyatlari soni bittaga ko‘p bo‘lganligi sababli bir pog‘ona pastda bormoqda. Bundan tashqari ular bitta uchrashuv ko‘p o‘tkazgan. Shuningdek, kolumbiyaliklar so‘nggi 6-turni 13 aprel kuni o‘z maydonida guruh peshqadami “Cuba Domadores”ga qarshi o‘tkazadi.
“Uzbek Tigers”ning bo‘lajak raqibi “Caciques Venesuela” esa 5 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Turnir jadvali bilan tanishing:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar