
Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Quvvatov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani uchun jazolanishi haqida xabar berib o‘tgandik.
O‘yindan keyin O‘FA Hakamlar qo‘mitasi uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Valentin Kovalenkoning ham xatti-harakatlarini o‘rganib chiqishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xulosaga ko‘ra, “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bosh hakami o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagani, natijada bir qator vaziyatlarda, jumladan, 17-daqiqada “Lokomotiv” a’zosi Marat Bikmayev gol kiritgan vaziyatda o‘yindan tashqari holatni aniqlashda va ikkinchi bo‘limda “Qo‘qon-1912” darvozasiga penaltini belgilashda xatoga yo‘l qo‘ygani qayd etildi.
Valentin Kovalenko ham endilikda ma’lum muddat Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar