“Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” o‘yini yuzasidan O‘FA Tartib intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘ilishda uchrashuv komissarining bildirgisi, o‘yin qayd etilgan videoyozuv ko‘rib chiqildi. O‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo hamda Sardor Mirzayevning hatti- harakatlari o‘rganib chiqildi va qaror qabul qildi.
Bunga ko‘ra, ”Lokomotiv” o‘yinchisi Nivaldoga nisbatan Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi. “
Lokomotiv” o‘yinchisi Sardor Mirzayevga nisbatan esa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko‘rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo‘lib, madaniy dam olishlarini ta’minlashdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi