
«Bavariya» klubida bosh murabbiy o‘zgaradi.
2018 yilning 1 iyulidan boshlab myunxenliklarni «Ayntraxt» klubining yangi bosh murabbiyi Niko Kovach boshqaradi. Bu haqda klub sport direktori Hasan Salihamidjich klub telekanali efirida ma’lum qilgan.
«Bavariya» xorvatiyalik murabbiy bilan uch yillik kelishuvga erishgan.
Avvalroq «Bavariya» Kovachni qo‘yib yuborishlari uchun «Ayntraxt»ga 2,2 million yevro to‘lagani haqida xabarlar chiqqan edi.
2016/17 yilgi mavsumda «Ayntraxt» Kovach qo‘l ostida Germaniya chempionatida 11-o‘rinni egallagan, hozirda esa 46 ochko jamg‘argan holda beshinchi pog‘onada bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar