12:26 / 17.04.2018
3 497

OChL. Bugun «Lokomotiv» «Zob Ohan»ga qarshi o‘ynaydi. O‘yinga kirish chiptalari bepul

OChL. Bugun «Lokomotiv» «Zob Ohan»ga qarshi o‘ynaydi. O‘yinga kirish chiptalari bepul
Bugun, 17 aprel kuni Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi tur o‘yinini Eronning «Zob Ohan» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu o‘yin «temiryo‘lchilar»ning guruhdan chiqishi uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi. Uchrashuvda «Lokomotiv» g‘alaba qozonsagina keyingi bosqichga yo‘l oladi. «Lokomotiv» jamoasi ushbu uchrashuvga bo‘lgan qiziqishni va o‘yinning ahamiyatini hisobga olgan holda «Lokomotiv» — «Zob Ohan» o‘yini chiptalari 1-sektordan 7-sektorgacha bepul tarqatishga qaror qildi. Chiptalar bir kishiga 4 donadan beriladi.

Chiptalarni bugun soat 09:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Lokomotiv» stadionidan olib ketish mumkin.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Bellashuv Sport-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

5-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Foto: OFK

Osiyo Chempionlar Ligasi
«B» guruhi, 6-tur bellashuvlari

17 aprel, seshanba
«Lokomotiv» — «Zob Ohan» 19:00 Sport-TV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. Bugun «Lokomotiv» «Zob Ohan»ga qarshi o‘ynaydi. O‘yinga kirish chiptalari bepul