
Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni xitoylik Jiming Vang bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Shohjahon ushbu jangda WBA chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishi rasman aniq bo‘ldi.
"Men chempion bo‘lish uchun o‘zimning bor imkoniyatimni ishga solaman. Xudo xohlasa ushbu maqsadimga erishaman. To‘g‘ri raqibim ham yaxshi bokschi. Biroq men ringda undan yaxshi bo‘lishga harakat qilaman", - deydi Shohjahon Ergashev Sports.uz internet portaliga bergan intervyusida.
Quyida metin himoya va tezkor hamda kuchli zarbaga ega bo‘lgan bokschimizning mashg‘ulotlari aks etgan videorolikni ko‘rishingiz mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar