
«Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining joriy mavsumi yakunlariga ko‘ra Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
APLning joriy mavsumida ushbu futbolchi 33 o‘yinda maydonga tushib, 31 gol urgan va 9 golga uzatma bergan.
«Bu men uchun katta sharaf. O‘zimni baxtiyor his qilmoqdaman. Men butun mavsum davomida qattiq mehnat qildim. Bu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritganimdan juda ham xursandman», — degan Saloh taqdirlash marosimidan keyin.
Ushbu mukofot uchun Salohdan tashqari Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), David de Xea («Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem Hotspur»), Leroy Sane («Manchester Siti») va David Silva («Manchester Siti») ham da’vogarlik qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar