16:23 / 24.04.2018
4 736

Bugun Yevropa chempionlar ligasi yarim finali boshlanadi

Bugun Yevropa chempionlar ligasi yarim finali boshlanadi
Bugun millionlab futbol ishqibozlari intiqlik bilan kutayotgan Yevropa chempionlar ligasining yarim final bellashuvlariga start beriladi.

Angliyadagi «Enfild» o‘yingohida bugun haqiqiy futbol bayrami kutilyapti. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng nihoyat muxlislar orzusi amalga oshmoqda — mersisaydliklar nufuzli musobaqaning yarim finalida Rimning «Roma»sini qabul qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. Javob o‘yini esa 2-may kuniga belgilangan.

Musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlar deya hisoblanayotgan Myunxenning «Bavariya» va Madridning «Real» klubi o‘rtasidagi uchrashuv esa ertaga xuddi shu vaqtda o‘tkaziladi. Javob o‘yini esa 1-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final.

«Liverpul» — «Roma». 24.04.2018, 23:45.

«Bavariya» — «Real». 25.04.2018, 23:45.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Yevropa chempionlar ligasi yarim finali boshlanadi