22:20 / 01.05.2018
3 545

Umid Ahmadjonov Shahram G‘iyosovga: «Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q»

Umid Ahmadjonov Shahram G‘iyosovga: «Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q»
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Bugun, 1 may kuni Rio 2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mashhur bokschimiz ushbu tashrifi davomida Umid Ahmadjonov qabulida bo‘ldi. Uchrashuv davomida MOQ rahbari Shahramni 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ko‘rmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«Shahram, seni bekorga okean ortiga, uzoq Amerikaga qo‘yib yuborganimiz yo‘q. Chunki, sen havaskor bokschi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinni yuta olding. Bugungi kunda o‘z vazn toifangda yurtimizdagi eng kuchli bokschisan. Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q. Endi AQShda kuchli bokschilarga qarshi janglarda mahorat oshirib, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida terma jamoa safida bo‘lishing shart. Seni aynan shu niyatda u yerga qo‘yib yuborganmiz. Shuni bilgingki, Milliy olimpiya qo‘mitasi seni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Jahonning eng yirik arenalarida zafar quchib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishing uchun barcha sharoitni yaratib beramiz», — dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida Shahram G‘iyosov ushbu e’tibordan xursand ekanligi haqida gapirdi.

«Menga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Sizning, qolaversa Milliy olimpiya qo‘mitasining ushbu e’tiboridan xursand bo‘ldim. O‘z natijalarim bilan O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishda, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», — dedi Shahram G‘iyosov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Shahram G‘iyosovga: «Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q»