00:30 / 04.05.2018
3 451

Prezident: "Odil Ahmedov, Murodjon Ahmadaliyev, Oksana Chusovitinalar qaysi viloyatda bor?"

Президент: "Одил Аҳмедов, Муроджон Аҳмадалиев, Оксана Чусовитиналар қайси вилоятда бор?"
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasi davomida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish harakatlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga e’tibor zarurligini ta’kidladi.

“Qishloq va mahallalarda bolalar sportini kuchaytirish zarur, chunki farzandlarimiz bog‘chadan boshlab sportga mehr qo‘ysa, sportni ommaviyligini oshirish va seleksiya ishlari kuchayadi. Namangandan yuzlab Odil Ahmedov va Murodjon Ahmadaliyev singari taniqli sportchilar yetishib chiqqan. Yosh bolalardan: “Kim bo‘lasan?” deb so‘rasangiz, “Men Odil Ahmedov, men Murodjon Ahmadaliyev bo‘laman!” deb javob beradi. Oksana Chusovitina esa Ginnes kitobiga kiritilgan, uni butun dunyo taniydi. Yana shunday sportchilarni tarbiyalab chiqarishimiz kerak”, - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident: "Odil Ahmedov, Murodjon Ahmadaliyev, Oksana Chusovitinalar qaysi viloyatda bor?"