21:17 / 13.05.2018
3 257

Professional bokschi Shohjahon Ergashev O‘zbekiston nomidan Osiyo va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin

Professional bokschi Shohjahon Ergashev O‘zbekiston nomidan Osiyo va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin
Professional boksda WBA International kamari sohibiga aylangan Shohjahon Ergashev Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

MOQ rahbari bokschi bilan uchrashuvda uning uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga, lozim bo‘lsa chiptadan tortib mehmonxona harajatlari masalalarida ham yordam berishga tayyor ekanligini, Shohjahondan esa faqat va faqat O‘zbekiston bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarib yurishini kutayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, bokschiga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi. O‘z navbatida, Shohjahon ushbu taklifga jon-jon deb rozi bo‘lishini aytgan.

Shohjahon Ergashevdek yigitlarimiz kam. Uning qayd etayotgan natijalarini amalga oshirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shohjahon shu yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga ham borishi kerak. Kerak bo‘lsa, u musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. Kelajakda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ rahbari

Shohjahon Ergashev o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlashga, kelajakda bundan ham nufuzliroq kamarlarni qo‘lga kiritishga va’da berdi.

Ko‘rsatilayotgan e’tibordan juda xursandman. Ochig‘i, bu men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Nasib qilsa, o‘z vazn toifamdagi eng kuchli bokschini ham mag‘lubiyatga uchrataman va chempionlik kamarini qo‘lga kiritaman. Bunga oz qoldi, uzoq kuttirmayman. Ushbu kamarni qo‘lga kiritib, yurtdoshlarimni xursand qilmoqchiman.

Shohjahon Ergashev, professional bokschi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional bokschi Shohjahon Ergashev O‘zbekiston nomidan Osiyo va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin