Foto: O‘FA rasmiy sayti
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko‘ra Doxaga jo‘nab ketdi.
U yerda Umid Ahmadjonov dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan «Aspire»ga tashrif buyuradi. Xabaringiz bor, Umid Ahmadjonov o‘tgan yilning 16 oktyabr kuni «Aspire» akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Bu safar tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimizda barpo qilinayotgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga Qatardan mutaxassislarni jalb qilishdan iborat.
Shuningdek, rejaga ko‘ra O‘FA 1-vitse-prezidenti JCh—2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, JChga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishadi.
Qatardagi safar yakuniga yetgach, Umid Ahmadjonov Gollandiyaning Amsterdam shahriga yo‘l olishi rejalashtirilgan. U yerda dunyodagi eng kuchli akademiyalardan yana biri bo‘lgan «Ayaks» futbol klubi akademiyasini ko‘zdan kechirib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, «Ayaks» futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qiliniib, o‘zaro hamkorlik qilish, gollandiyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, Amsterdamda Gollandiya Qirolligi futbol uyushmasi prezidenti bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik yosh futbolchilarni Gollandiyaning kuchli klublariga jalb qilish, shu orqali futbolchilarimizning Yevropaga chiqishiga yo‘l ochish, Milliy terma jamoalarimizga Yevropa futbolida chiniqqan kuchli nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi