09:02 / 19.05.2018
3 023

Klublarimizda motivator murabbiylarning kamligi haqida (video)

Klublarimizda motivator murabbiylarning kamligi haqida (video)
“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Davron Fayziyev Superliganing ayrim ishtirokchilari uy va safarda ikki xil o‘yin namoyish etishi, buning sababi va jamoalarga motivatsiya yetishmasligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Bu borada taniqli sharhlovchiga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi.

- Grandlardan tashqari boshqa jamoalar uy va safar uchrashuvida ikki xil o‘yin namoyish etishadi. Ya’ni taktika hamda hujumkorlik borasida. Bunga nima sabab bo‘lmoqda? Jamoalarimiz har doim ham bir xil o‘yin ko‘rsata olmasligi nima bilan bog‘liq?

- Uy o‘yinlarini kuchli o‘tkazayotgan jamoalar asosan “Buxoro”, “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” va yana bir necha klub. E’tibor bergan bo‘lsangiz bu jamoalarning uy uchrashuvlarida stadion tomoshabinlar bilan to‘ladi. Futbolga mos atmosfera hukmronlik qiladi. Muxlislarning o‘yinchilardan talabi kuchli. O‘z maydonida ishqibozlar to‘lib, toshib, vahima bo‘lib turgan joyda futbolchilar borini beradi. Bizning futbolchilarda bari bir kayfiyat ko‘p narsani hal qiladi.

Futboldan tashqari narsalarga chalg‘ish kamchiligi bor. Bu futbolimizda mavjud. Ko‘pchilik so‘rashadi, yosh futbolchilarimiz nega katta bo‘lganda ayniydi, degan savolga ham shunday javob berish mumkin. Chunki bizda futboldan chalg‘ituvchi faktorlarga o‘yinchilar berilib ketishadi. Professionallik kam. Yo‘q emas, bor. Hammada ham emas. Professionallikni o‘rgata olish ham kerak. Shu omillar yig‘ilib o‘sha kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Futbolchilar ham biladi, o‘z uyida yaxshi o‘ynasa, e’tiborga tushadi va uning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi.

Mehmondagi bellashuvlarda boshqacharoq holat. Safar uchrashuvlarida murabbiy katta sahnaga chiqishi kerak. Muxlislar motivatsiya, energiya bermayaptimi? Mutaxassis uni “tortishi” lozim. Murabbiy energiyani to‘g‘ri ko‘rsatmalar evaziga berishi darkor. Chempionatda motivator murabbiylar kam. Nega? Chunki chempionatda haddan tashqari o‘yin ko‘p. Har safar motivatsiya topish ham qiyin. U yerda ko‘proq futbol faktorlari rol o‘ynaydi: jismoniy, funksional va taktik tayyorgarlik. Bu qisqa muddatli turnirlarda, kubok bahslarida rol o‘ynab ketadi. Bizning chempionatda ham motivatsiyaning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Chunki ba’zida bu tomonlari oqsayapti. Asosiy sababi shu deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klublarimizda motivator murabbiylarning kamligi haqida (video)