23:20 / 19.05.2018
3 907

JCh-2018 favoriti Germaniya terma jamoasi bilan tanishing! (foto)

JCh-2018 favoriti Germaniya terma jamoasi bilan tanishing! (foto)
Germaniya terma jamoasi
Konfederatsiya: UYeFA. Boshqaruv tizimi: Nemis futbol qo‘mitasi. Ushbu terma jamoa 18 marotaba JCh larida ishtirok etgan (1934, 1938, 1954, 1958, 1962, 1966, 1970, 1974, 1978, 1982, 1986, 1990, 1994, 1998, 2002, 2006, 2010, 2014). 4 karra jahon chempioni (1954, 19974, 1990, 2014). 3 karra Yevropa chempioni (1972, 1980, 1996). 2017 yilgi konfederatsiya kubogi sohibi. FIFA dagi reytingi (2018 aprel holati bo‘yicha) – 1. Laqablari: Bundestim, Mannshaft, Nemis mashinasi.

Saralash bosqichi
Germaniya terma jamoasi musobaqaga saralash orqali yo‘l oldi. S guruhidan o‘rin olgan nemislar 30 ochkodan 100 % natija bilan 30 ochko jamg‘arib chiqdi. Germaniya Yevropadagi ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘ldi.

Tarkib
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiyaga o‘zi bilan 23 ta futbolchini olib keladi. Kengaytirilgan tarkibga 27 nafar futbolchi bor va 4 iyunga qadar kimdir jamoani tark etadi.

Darvozabonlar: Bernd Leno («Bayer»), Manuel Noyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Kevin Trapp («PSJ»);

Himoyachilar: Djerom Boateng, Mats Xummels, Niklas Zyule, Yozua Kimmix (barchasi– «Bavariya»), Mattias Ginter («Borussiya» Menxengladbax), Yonas Xektor («Kyoln»), Jonatan Ta («Bayer»), Marvin Plattenxardt («Gerta»), Antonio Ryudiger («Chelsi»);

Yarim himoyachilar: Yulian Brandt («Bayer»), Yulian Draksler («PSJ»), Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»), Sami Xedira («Yuventus»), Toni Kroos («Real»), Leon Goretska, Sebastyan Rudi (ikkisi– «Bavariya»), Mesut O‘zil («Arsenal»);

Hujumchilar: Mario Gomes («Shtutgart»), Marko Roys («Borussiya» Dortmund), Leroy Sane («Manchester Siti»), Nils Petersen («Frayburg»), Tomas Myuller («Bavariya»), Timo Verner («RB Leypsig»).

Yulduz

Germaniya terma jamoasining asosiy yulduzi – Toni Kross. JCh-2014 da u Bundestimning yutug‘iga sababchi bo‘lgan futbolchilardan biri. «Bavariya» va «Real» klubi safida YeChL da g‘alaba qozongan. Germaniya terma jamoasi tarkibila Toni 82 o‘yinda ishtirok etgan va 12 to‘p kiritdi.

Bosh murabbiy

Germaniya terma jamoasini Yoaxim Lev 2006 yilgi JCh dan keyin boshqarib kelmoqda. 58 yoshli mutaxassis undan oldin Yurgen Klinsmann yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. 10 yildan oshiq mehnati davomida yorqin natijalarni qo‘lga kiritishga erishdi – 2014 yilgi jahon kubogi va 2017 yilda konfederatsiya kubogi. Lev qo‘l ostida nemislar 161 ta o‘yinda ishtirok etib 107 ta g‘alaba qozongan, 30 marotaba durang va 24 ta mag‘lubiyat.

JCh-2018 dagi o‘yinlari
Germaniya terma jamoasi JCh-2018 da F guruhida to‘p suradi. Musobaqa ular uchun 17 iyun kuni Meksika jamoasiga qarshi boshlaydi. 23 iyunda Shvetsiya bilan to‘qnash kelsa, guruh bosqichidagi oxirgi o‘yin Janubiy Koreya bilan.

JCh-2018 dagi imkoniyatlari
Germaniya terma jamoasi JCh-2018 dagi asosiy favoritlardan biri hisoblanadi. Buni USB tadqiqotchilari o‘zlarining superkompyuterida tasdiqlab berishdi. Ularning imkoniyatlari 24 % ni tashkil qiladi.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)