
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasi finali doirasida «Real»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ko‘pchilik futbolchilar final oldidan asabiylashmoqdalar, ammo bu normal holat. Bu juda ma’suliyatli uchrashuv, ammo nima bo‘lgan taqdirda ham bu shunchaki o‘yin.
Finalda g‘alaba qozonish uchun har qanday jamoaga ozgina omad kerak. Bu bizga ham tegishli. Har qanday sinovga tayyor turishimiz kerak. Bu bilan ularda bor jihatlar bizda yo‘q demoqchimasman. Biz o‘zimizning imkoniyatlarimizdan qoniqmoqdamiz», – deydi Klopp.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar