
Yevropa chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan «Real» Madrid – «Liverpul» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Kiyevda kechgan bahsda madridliklar g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
O‘yin ikki jamoaning faolligi bilan boshlandi va ilk daqiqalar «Liverpul»ning hujumlari bilan yodda qoldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Muhammad Saloh jarohat olib maydonni tark etdi va shundan so‘ng tashabbus madridliklarga o‘tdi. Raqibning ruhiy tushkunligidan «Real» unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘lim debyuti «Real»ga omadli keldi: Karius to‘p uzatayotgan paytda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Karim Benzemaga tekkan to‘p darvozadan joy oldi. 55-daqiqada mersisaydliklar hisobni tenglashtirishga erishdilar: burchakdan uzatilgan to‘pni Lovren boshi bilan Manega tashlab berdi va Sadio yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.
64-daqiqada Marseloning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Garet Beyl chalqancha uslubda darvozaga aniq yo‘naltirdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada Karius yana «qovun tushirdi» va Beyl dublini nishonladi: Beylning juda uzoq masofadan yo‘naltirgan to‘pini darvozabon qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi.
Shu tariqa, «Real» ketma-ket uchinchi bor YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi va bu borada o‘zining rekordini yaxshilab qo‘ydi.
YeChL, final
Real Madrid Ispaniya – Liverpul Angliya 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 51 Benzema, 1:1 – 55 Mane, 2:1 – 64 Beyl, 3:1 – 83 Beyl.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh (Lallana, 30), Milner (Jan, 83), Mane, Xenderson.
Ogohlantirish: Mane (82).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar