
Madridning “Real” jamoasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports.uz nashri ma’lum qildi.
Madrid klubi prezidenti Florentino Peres misrlik futbolchining xizmatlariga shaxsan qiziqish bildirgan. Mersisaydliklar Salohni 200 mln yevroga baholamoqda, ammo Peres futbolchilar almashtirish yo‘li bilan narxni tushirmoqchi.
“Qirollik klubi” Saloh uchun darvozabon Keylor Navas va qo‘shimcha pul bermoqchi. “Liverpul”da posbon muammosi borligi sababli “Real”da ushbu kelishuv amalga oshishiga ishonishmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etadigan bo‘lsa, mersisaydliklar “Lion” hujumchisi Nabil Fekirni o‘z safiga qo‘shib oladi. Tomonlar dastlabki kelishuvga erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.