12:57 / 28.05.2018
5 229

Ispan klubi «Nasaf» yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevga 4 yillik shartnoma taklif qildi

Ispan klubi «Nasaf» yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevga 4 yillik shartnoma taklif qildi
O‘zbekiston terma jamoasi va Qarshining «Nasaf» klubi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin, deb yozadi «Championat.asia».

Ta’kidlanishicha, Azizga Ispaniyaning «Tenerife» klubi 4 yillik shartnoma taklif qilgan. Avvalroq moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «Nasaf» G‘aniyevni 10 milliard so‘mga sotishga tayyor ekanligi, uni esa «So‘g‘diyona» sotib olishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun 1912 yilda tashkil topgan «Tenerife» klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La Ligadan keyingi liga) ishtirok etmoqda. Jamoaga ayni damda mashhur sobiq futbolchi Xoseba Echeberria bosh murabbiylik qilmoqda. So‘nggi bor klub 2010 yilda La Ligada ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispan klubi «Nasaf» yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevga 4 yillik shartnoma taklif qildi