
Italiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «AFG-Arena»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobi bilan tugadi.
Italiyaliklar safida Mario Balotelli va Andrea Belottilar o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ygan bo‘lishsa, Saudiyaning yagona javob to‘piga Yaxyo Al-Shahri muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Roberto Manchinining debyut o‘yinida Italiya termasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Saudiya Arabistoni JCh-2018 guruh bosqichida Rossiya, Urugvay vaMisr terma lariga qarshi bahs olib boradi. Italiya esa turnirga chiqa olmagan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Italiya – Saudiya Arabistoni 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 21 Balotelli, 2:0 – 68 Belotti, 2:1 – 72 Al-Shexri.
Italiya – Donnarumma, Romanoli, Krishito (De Shilo, 88), Dzappakosta, Bonuchchi, Pellegrini (Verdi, 73), Jorjino, Politano (Kristante, 73), Florensi (Bonaventura, 67), Insine (Keza, 84), Balotelli (Belotti, 58).
Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Xavsavi (Xavsavi 90), Xavsavi (Al-Bulayhi, 84), Al-Xarbi, Al-Shahroni, Otayf, Al-Faraj (Al-Mogavi, 90), Al-Jassim, Al-Shahri, Kanno (Al-Dosari, 46), Assiri (Al-Muvallad, 69).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar