17:30 / 31.05.2018
3 871

Rasman: YECHLni ketma-ket 3 marta yutgan Zinedin Zidan “Real”dan ketishini e’lon qildi

Rasman: YECHLni ketma-ket 3 marta yutgan Zinedin Zidan “Real”dan ketishini e’lon qildi
Foto: Twitter / @realmadrid
Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda Marca'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Ayni damda Madrid klubi bu borada maxsus press-konferensiya o‘tkazmoqda. Konferensiya Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlangan.

45 yoshli Zidan “Qirollik klubi”ni 2015/16 yilgi mavsumda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishgan edi.

Zinedin ishlagan 3 yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi. Bu Zidandan avvalgi 6 murabbiyning 8 yil ichida qo‘lga kiritilgan sovrinlari bilan teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: YECHLni ketma-ket 3 marta yutgan Zinedin Zidan “Real”dan ketishini e’lon qildi