Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz “Paxtakor” stadionida yig‘ildi. Oldin e’lon qilingan ro‘yxatda bo‘lgan Ignatiy Nesterov jarohati bois Urugvayga bormasligi haqida xabar bergandik. Uning o‘rnini “Nasaf”ning yosh posboni Umidjon Ergashev egalladi. Shuningdek, Islom To‘xtaxo‘jayev va Javlon Ibrohimovning o‘rniga Ikrom Aliboyev va Islom Qobilov chaqirildi.
Terma jamoa murabbiylar shtabida Viktor Karpenko ish boshladi. U Kapadzega yordamchi sifatida Urugvayga boradi.
Bugungi mashg‘ulotda 22 nafar futbolchi qatnashdi. Shuhrat Muhammadiyev bugun kechqurun terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi. Bugun, 2 iyun kuni tongda O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent - Istanbul - Madrid - Montevideo yo‘nalishi bo‘yicha Urugvayga uchib ketadi.
Darvozabonlar:
Ergashev Botirali - “Navbahor”
Ergashev Umidjon - “Nasaf”
Suyunov Eldor - “Paxtakor”
Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon - “Bunyodkor”
Shixov San’at - “Buxoro”
Komilov Akramjon - “Bunyodkor”
Tursunov Dostonbek - “Neftchi”
Qobilov Islom - “Bunyodkor”
A’zamov Sherzod - “Paxtakor”
Muhammadiyev Shuhrat - “Lokomotiv”
Otaxonov Abbosjon - “Metallurg”
Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon - “Nasaf”
G‘aniyev Azizjon - “Nasaf”
Sidiqov Javohir - “Qo‘qon-1912”
Turg‘unboyev Azizbek - “Navbahor”
Yaxshiboyev Jasur - “Paxtakor”
Masharipov Jaloliddin - “Paxtakor”
Ikrom Aliboyev - “Lokomotiv”
Kenjaboyev Islom - “Nasaf”
G‘iyosov Xurshid - “Bunyodkor”
Sobirxodjayev Sardor - “Bunyodkor”
Hujumchilar:
O‘rinboyev Zabihillo - “Metallurg”
Abdixoliqov Bobir - “Nasaf”
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?