10:57 / 03.06.2018
4 112

MMA jangchisi o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi (video)

MMA jangchisi o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi (video)
Foto: «MMAjunkie»
MMA aralash usullar jangchisi Jared Bruks navbatdagi jangida o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri. Ushbu holat videosi global tarmoqda tarqaldi.

Jangda Bruks raqibi Torresni yelkasiga ko‘tarib oldi va uni yiqitayotganida muvozanatini saqlay olmadi. Natijada ikkisi ham birdek quladi. Noqulay yiqilishi natijasida Bruks o‘ziga kela olmadi. Hakam esa Torresning nokaut bilan g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Ushbu jangdan so‘ng Bruks hisobida 13 g‘alaba va ikki mag‘lubiyat bor. Torres esa mag‘lubiyat alami nimaligini bilmaydi — Bruks ustidan qozonilgan g‘alaba ketma-ket sakkizinchisi hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA jangchisi o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi (video)