12:10 / 03.06.2018
4 431

Ronaldu bir shart bilan “Real”da qolishga rozi...

Ronaldu bir shart bilan “Real”da qolishga rozi...
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maoshi 4 marta oshirilsa, Madridda yana 3 yilga qolishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Corriere dello sport nashri xabar qilmoqda.

Futbolchining maoshi 2021 yozida tugaydigan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, yiliga 21 mln yevroni tashkil qiladi.

Ronaldu o‘z agenti Jorje Mendeshdan agar unga yiliga 80 mln yevro to‘lansa, “Real”da qolishga tayyorligini klub prezidenti Florentino Peresga yetkazishni iltimos qilgan. Shu bilan birga futbolchi shartnoma kamida 3 yilga tuzilishini istamoqda. Shu tariqa, futbolchining yangi shartnomasi klubga 240 mln yevroga tushishi mumkin.

Avvalroq Ronalduni sotib olishga “PSJ” qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi. Parij klubi futbolchiga yiliga 45 mln yevrolik maosh berishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bir shart bilan “Real”da qolishga rozi...