Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinni o‘rta vazn toifasidagi jahon chempionligi kamaridan mahrum qildi. Bu haqda IBF xabarida aytiladi.
Bunday qaror 36 yoshli Golovkin 3 avgustgacha IBF kamariga majburiy da’vogar ukrainalik Sergey Derevyanchenko bilan jang o‘tkazishga yozma rozilik berishdan bosh tortgani sabab qabul qilindi.
Bu IBF qozog‘istonlik bokschiga 5 may kuni amerikalik Vanes Martirosyanga qarshi jang o‘tkazishga ruxsat berganida qo‘ygan shartlardan biri edi.
Shunday qilib, IBF’ning o‘rta vazn toifasida kamari bo‘sh, deb e’lon qilindi. Yaqin vaqt ichida tashkilot ikki yetakchi da’vogarni aniqlaydi hamda ularga jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borish majburiyatini yuklaydi.
Golovkin professional ringda o‘tkazgan 39 jangining 38tasida g‘alaba qozongan bo‘lib, uchta boshqa yo‘nalish - WBA, WBC va IBO bo‘yicha o‘z vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?