
Braziliyaning “Santos” klubi xavbeki Rodrigo Goes Madridning “Real” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Ispan nashrlarida yozishlaricha, “qirollik klubi” 17 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishdi. Transfer summasi 45 mln yevroni tashkil etadi va yana 15 mln yevro miqdoridagi bonus ham bor.
Qayd etish joiz, Rodrigoning transferiga “Barselona” ham qiziqish bildirgan edi. Biroq “Real” prezidenti Florentino Peres bu borada kataloniyaliklardan ancha ildamroq harakat qildi va o‘z maqsadiga erishgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar