Foto: «Diario Uruguay»
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares O‘zbekiston terma jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Bunday o‘yinlardagi natijalardan olinadigan xulosalar nisbiy ahamiyatga ega. Eng muhimi — barcha o‘yinchilar uchrashuvni jarohatsiz, sog‘-salomat yakunlagani.
Har bir futbolchining harakatiga alohida to‘xtalmoqchi emasman. Ko‘rdikki, kimningdir o‘yini yaxshi chiqdi, kimdadir unchalik emas.
Bu — biz uchun navbatdagi tayyorgarlik bosqichi edi. Qo‘lga kiritilgan natija, muxlislar bilan xayrlashuv — hammasi ajoyib bo‘ldi.
O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun yana bir mashg‘ulot edi. Faqatgina futbolchilarning formasini yaxshilashga qaratilgan jiddiy mashg‘ulot. Biz endi jahon kubogi uchun kurashni boshlaymiz», — dedi Tabares. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”