15:57 / 11.06.2018
4 602

Dunyodagi eng kuchli futbolchi Serxio Ramosga videomurojaat qildi (video)

Dunyodagi eng kuchli futbolchi Serxio Ramosga videomurojaat qildi (video)
Angliyaning ikkinchi futbol ligasida o‘ynaydigan "Uikom Uonderers" jamoasi forvardi Adebayo Akinfenva Madridning “Real” jamoasi kapitani Serxio Ramosga videomurojaat qildi, deb yozdi Darakchi nashri.

“Chempionlar ligasi ham yakunlandi, men esa ta’tildan endi qaytib keldim. Ramos, sen nafaqat mening do‘stim Muhammad Salohga shikast yetkazibsan, qolaversa, Loris Kariusni ham jarohatlabsan. Quloq sol, og‘ayni, men senga qarshi o‘yinga tushmayman, chunki hech qachon Chempionlar ligasida qatnashmayman. Shunday ekan, omading keldi. Agar senga qarshi maydonga qarshi tushib qolsam, seni mana bunday qilib majaqlab tashlayman”, – deydi Akinfenva o‘zining tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining finalida “Liverpul”ning yetakchi hujumchisi misrlik Muhammad Saloh “Real”chi Serxio Ramos bilan bo‘lgan to‘qnashuvda yelkasidan qattiq shikastlanib maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyodagi eng kuchli futbolchi Serxio Ramosga videomurojaat qildi (video)