22:58 / 11.06.2018
3 406

«Qizilqum» o‘zida «So‘g‘diyona»dan ustun keldi

«Qizilqum» o‘zida «So‘g‘diyona»dan ustun keldi
O‘zbekiston milliy chempionati – Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, navoiyliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlabki bo‘limda har ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, tanaffusga qadar tablodagi 0:0 hisobi o‘zgartirishsiz qoldi.

Lekin ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasidayoq Elguja Grigalashvili o‘z goli bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

76-daqiqaga kelib, Nemanya Yovanovichning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘riga borib tushib, hisobni 2:0 ko‘rinish olishiga sabab bo‘ldi.

Final hushtagiga qadar tablodagi ushbu hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Pepsi Superliga 15-tur

Qizilqum – So‘g‘diyona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 48 Grigalashvili , 2:0 – 76 Yovanovich.
Qizilqum – 77. Yevgeniy Cheremesin,4.Erkin Boydullayev, 5.Giorgi Kvesiyeshvilli, 8.Akmal Rustamov .11.Doniyor Usmonov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan ,23.Sherali Jo‘rayev, 30.Elguja Grgalashvilli, 44.Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich.
So‘g‘diyona – 23.Dilshod Xamroyev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Azamat Isroilov, 4.Elyor Orifov, 6.Dilmurod Karimov, 9.Sardor Azimov, 10.Shoxruz Norxonov,33.Toxir Shamsiddinov, 39.Oybek Nurmatov, 85.Ruslan Melziddinov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qizilqum» o‘zida «So‘g‘diyona»dan ustun keldi