
«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi, Fransiya termasi bilan Jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Zinedin Zidan hozircha milliy terma jamoada ishlamoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo nashri xabar bermoqda.
Hozir eng muhimi Fransiya terma jamoasini Jahon Chempionatida qo‘llab-quvvatlash. Terma jamoani boshqarish haqida esa o‘ylayotganim yo‘q. Hozircha biroz tanaffuz qilib, o‘zimga kelib olishim kerak. Terma jamoaga muxlislik qilib, uning Jahon Chempionatidagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritishini istayman.
Zinedin Zidan, murabbiy
Fransiya termasini ayni paytda Zidan bilan birga 1998 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan sheriklaridan biri Dide Desham boshqarmoqda.
Fransiya futbol federatsiyasining prezidenti Noel Le Gre Zidanning kelajakda terma jamoaga boshqaruviga kelishini inkor etmadi, ammo bu holat Deshamning shartnoma muddati yakuniga yetadigan 2020 yildan oldin yuz bermasligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar