23:40 / 12.06.2018
3 044

Mirjalol Qosimov – may oyining eng yaxshi murabbiyi

Mirjalol Qosimov – may oyining eng yaxshi murabbiyi
Professional futbol ligasi hamda Championat.asia nashri hamkorligida o‘tayotgan oyning eng yaxshilarini aniqlash so‘rovnomasi navbatdagi g‘olib nomi aniqlandi.

Bungacha “Navbahor” darvozaboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi posboni sifatida tan olingan bo‘lsa, Arslonmurod Omonovning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli eng chiroyliga aylangandi. Endi esa “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov oyning eng yaxshi murabbiyi uchun beriladigan esdalik sovrinni qabul qilib oladigan bo‘ldi.

Mirjalol Qosimov mart oyida ham eng yaxshi bo‘lishga erishgandi. U bugun PFL sovrinini ikkinchi marta olayotgan ikkinchi insonga aylanadi. Pepsi Superliganing 15-turi doirasida “Bunyodkor” Buxoroda mehmon bo‘ladi. Uchrashuv oldidan Arslonmurod Omonovga eng chiroyli goli uchun sovrin beriladi. Qayd etish kerak, u aprel oyida eng yaxshi futbolchi ham bo‘lgandi. Qolganlarga hozircha sovringa ikki bor ega chiqish nasib qilmagan.

“Bunyodkor” ustozi may so‘rovnomasida jami 50 ochko to‘pladi va “Paxtakor”dagi hamkasbi Shota Arveladzeni 4 ochkoga ortda qoldirdi. Qiziq tomoni, tomonlarning mart oyida o‘tgan o‘yinida Qosimov Arveladzedan ustun kelgandi. May oyidagi takroriy o‘yinda esa “Paxtakor”ning qo‘li baland keldi. Biroq shunda ham gruziyalik mutaxassis kamroq ovoz to‘pladi.

Nomzodlar e’lon qilinganida tarozining pallasi Ilhom Mo‘minjonovga og‘ishi kerakdek edi. U 4 ta o‘yinning hammasida yutgan bo‘lsa, Arveladzeda 1 ta durang, Qosimovda 1 ta mag‘lubiyat bor edi. Voqealar rivoji esa boshqacha tus oldi.

“Navbahor” safarda “Buxoro”ni, o‘z uyida esa “Qizilqum”, AGMK va “Metallurg”ni yengib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ovoz beruvchilarning 10 nafari Mo‘minjonovni 1-o‘ringa, 3 nafardani esa 2 va 3-o‘ringa loyiq ko‘rdi. Muxlislardan “Navbahor” ustozi maksimal ochko oldi. Natijada u to‘plagan ballar 45 tani tashkil qildi.

“Paxtakor” esa mayni “Qo‘qon-1912”ga qarshi durang bilan boshladi. Keyinroq “Nasaf” va “So‘g‘diyona”ni safarda, “Bunyodkor”ni o‘z uyida yengdi. Ovoz beruvchilardan 6 nafari Arveladzega peshqadamlikni loyiq deb bildi. 9 kishi uni ikkinchi, 8 tasi uchinchi o‘ringa joylashtirdi. Shota muxlislardan 2 ochko oldi — jami 46 ball.

“Bunyodkor” Toshkent derbisida imkoniyatni boy bergani bilan, AGMK, “So‘g‘diyona”, “Nasaf” kabi klublardan ustun kela oldi. Natijada 8 kishi Qosimovni peshqadam sifatida ko‘rsatdi. Biroq 2-o‘ringa uni ko‘rsatganlar soni 9 nafar bo‘ldiki, mana shu jihati bilan Qosimov Mo‘minjonovdan o‘zib ketdi. Muxlislar ham “Bunyodkor” ustoziga 4 ochkoni loyiq ko‘rdi.

Shu tariqa o‘z-o‘ziga ovoz bergan murabbiylar emas, Mirjalol Qosimov mayda eng yaxshi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Buxoro” ustozi Ulug‘bek Baqoyevga omad kulib boqqandi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov – may oyining eng yaxshi murabbiyi