
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov JCh-2018da ishtirok etish uchun kelgan va aynan Grozni shahridan qo‘nim topgan Misr terma jamoasining Rossiyadagi ilk kuni haqida misrlik futbol yulduzi Muhammad Salohning fikrlarini bayon etdi.
“Saloh Chechenistonda uni bu qadar yoqtirishlarini va hurmat qilishlarini ko‘rib hayratga tushdi. U bunday iliq va do‘stona qabul uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Qolaversa, Misr elchisi Ixban Nasr va terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Grozni shahrida ular uchun tashkil etilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi”, - deydi Kadirov.
Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamoasi mundialning “A” guruhida Rossiya, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar