
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQShda o‘tkazadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, «Lakefront Arena» saroyi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Fazliddin G‘oibnazarov shu kungacha professional boksda 4ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Jonson esa bungacha 5ta jangda ringga chiqqan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4tasi nokaut).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar