
“Nasaf” klubining legioner hujumchisi Dragan Cheran qarshiliklar safini tark etdi.
UFF.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, jamoa va futbolchi ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra o‘rtadagi shartnomani bekor qilganlar. Bunga sabab esa katta ehtimol bilan “Nasaf”ning moliyaviy qiyinchiliklar domiga tushib qolgani bo‘lmoqda.
Avvalroq, OAVda qarshiliklar safini Jasur Hasanov va Slavko Lukich kabi yetakchilar tark etgani xabar qilingandi.
Cheran mavsumning qolgan qismini qayerda o‘tkazishi haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, serbiyalik o‘yinchi o‘z faoliyatni “Paxtakor”da davom ettiradi.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar