date
views 13 632

Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma’lum qilindi

Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma’lum qilindi
UFC bo‘yicha yengil vazn toifasida chempionlik kamari uchun Xabib Nurmagomedov va Konorom MakGregor o‘rtasida o‘tadigan jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedovning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jang 6 oktyarbda bo‘lib o‘tadi. Shu kunga Las-Vegasda UFC 229 musobaqasini o‘tkazish belgilangan. “Muzokaralar yakuniga yaqinlashib qoldi. Hozircha Konor bilan. Men aytganimdek, Konor, Toni (Fergyuson), Sen-Per (Jorj) va yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion. Yaqin 4 ta jangni shu ketma-ketlikda o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytgan Xabibning otasi.

Avvalroq Xabibning o‘zi ham keyingi janglaridan birining ehtimoliy sanasi sifatida 6 oktyabrni aytgandi. U bu jangda aprelda amerikalik jangchi El Ekvinta bilan jangda qo‘lga kiritgan chempionlik unvonini ilk bor himoya qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma’lum qilindi