11:27 / 18.06.2018
3 035

De Xea muxlislardan xafa: «Axir men hech kimni o‘ldirmadimku?»

De Xea muxlislardan xafa: «Axir men hech kimni o‘ldirmadimku?»
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea ma’lum qildiki, JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Portugaliyaga qarshi kechgan va 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin ispaniyalik muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlov his qilmagan.

«Men Ispaniya tomonidan qo‘llov his qilmayapman. Men o‘zimni tanqid qila olmayman.

Istardimki, bunday qiyin pallalarda meni qo‘llashlarini. Ammo meni murabbiylar va jamoadoshlarim qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Shunday holatlar ham bo‘lib turadi. Men xato qildim. Biz qo‘lqopni taqib maydonga chiqamiz, bu qanday qiyin ishligini ko‘pchilik bilmaydi.

Murabbiylarim va jamoadoshlarim meni qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi degan umiddaman. Menga xotirjamlik kerak. Axir men kimnidir o‘ldirganim yo‘qku?», - deya De Xeaning so‘zlarini keltirgan Manchester Evening News.

Eslatib o‘tamiz, David De Xea Ispaniya – Portugaliya o‘yini vaqtida Krishtianu Ronalduning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan, o‘ziga kelgan zarbasini oyoqlari orasidan o‘tkazib yuborgan va tanqidlarga uchragandi.

Bundan oldinroq o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra ispaniyalik muxlislar David De Xea emas, Kepa Arrisabalaga Ispaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lishini istashayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Xea muxlislardan xafa: «Axir men hech kimni o‘ldirmadimku?»