date
views 3 908

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi tarkibdan chetlatildi

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi tarkibdan chetlatildi
Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi Nikola Kalinichni tarkibdan chetlatgan va vatanga qaytarib yuborgan. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu 30 yoshli futbolchi guruh bosqichi doirasida Nigeriyaga qarshi kechgan (2:0) birinchi o‘yin vaqtida zaxiradan maydonga tushishni istamagandi.

Manbaning qayd etishicha, Dalich Nigeriyaga qarshi o‘yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Kalinichdan Mario Manjukich o‘rniga maydonga tushishni so‘ragan, ammo forvard beli og‘riyotganini aytib, o‘yinga qo‘shilishdan bosh tortgan. Natijada Manjukichni Marko Pyatsa almashtirgan.

JCh-2018 turniri 15 iyulga qadar davom etadi. D guruhidan o‘rin olgan Xorvatiya keyingi turlarda Argentina (21 iyun, Nijniy Novgorod) va Islandiya (26 iyun, Rostov) terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi tarkibdan chetlatildi