
AGMK jamoasi transfer oynasida vaqtida tarkibni keskin kuchaytirishni rejalashtirgan.
AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z jamoasida "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodovni ko‘rishni istamoqda. AGMK "Nasaf"ning ushbu markaziy himoyachisining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda "Nasaf"da moliyaviy inqiroz kuzatilayotgani bois jamoani bir qator tajribali futbolchilar tark etishmoqda. AGMK esa Jasur Hasanovdan so‘ng Umar Eshmurodovni ham qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. AGMK va futbolchi yaqin 1-2 kun ichida muzokara o‘tkazishi va yakuniy to‘xtamga kelishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar