19:38 / 23.06.2018
3 643

JCh-2018: Belgiya – Tunis uchrashuvida 7 ta gol kiritildi (video)

JCh-2018: Belgiya – Tunis uchrashuvida 7 ta gol kiritildi (video)
JCh-2018 musobaqasi "G" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Belgiya hamda Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Spartak Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Yevropa vakillari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning 6–daqiqasida tunisliklar himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida Eden Azarni to‘xtatib qoldi, natijada belgilangan penaltini jabrlanuvchining o‘zi aniq bajarib jamoasini oldanga olib chiqdi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tib belgiyaliklar qarshi hujumni golga aylantira oldilar: Kevin De Bryuynening uzatmasidan so‘ng Romelu Lukaku darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

18-daqiqada Tunisning jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqdi: Xazrining uzatmasini Dilan Bronn boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni chisqartirdi. Ushbu goldan so‘ng ham Afrika vakillarida bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan foydalana olmadilar.

Birinchi bo‘limga qo‘shib vaqtning uchinchi daqiqasida tunisliklar o‘z jarima maydonlari yaqinida to‘pni yo‘qotishdi, Mene aqlli pas bilan Lukakuni yaxshi vaziyatga olib chiqdi, Romelu bu safar ham zarba berishda adashmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Azar o‘yindagi dublini nishonlagan bo‘lsa, o‘yin so‘nggida Mishi Batshuayi o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Xazri o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni belgiyaliklar darvozaga aniq yo‘naltirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, Belgiya ikkinchi turda ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, guruhdan chiqish masalasini hal qildi. Tunis esa musobaqani shu bosqichda yakunlaydigan bo‘ldi. Uchrashuvdagi urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

JCh-2018
"G" guruhi 2-tur

Belgiya – Tunis 5:2 (3:1, 2:1)

Gollar:
1:0 – 6, penalti Azar, 2:0 – 16 Lukaku, 2:1 – 18 Bronn, 3:1 – 45 Lukaku, 4:1 – 51 Azar, 5:1 – 90 Batshuayi 5:2 – 90+3 Xazri.

Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko, Vitsel, Azar (Batshuayi, 68), Mertens (Tilemans, 86), Lukaku (Fellayni, 59).

Tunis – Ben-Mustafa, Ben-Yussef (Benaluan, 41), Maalul, Bronn (Naggez, 24), Merya, Kaui, Skiri, Xazri, Sassi (Sliti, 59), Badri, Ben-Yussef.

Ogohlantirish: Sassi (14).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018: Belgiya – Tunis uchrashuvida 7 ta gol kiritildi (video)