Lukaku jahon chempionatida Maradonaning ko‘rsatkichini takrorladi

Lukaku jahon chempionatida Maradonaning ko‘rsatkichini takrorladi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku JCh-2018 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Tunis darvozasiga ikkita to‘p yo‘lladi.

Hujumchi ikki golini ham birinchi bo‘limda kiritdi. Bu bilan Lukaku ketma-ket ikkinchi o‘yinda dubl qayd etishga erishdi.

So‘nggi bor ushbu ko‘rsatkichni Diyego Maradona qayd etgandi. Afsonaviy futbolchi JCh-1986 musobaqasida ketma-ket ikki o‘yinda dubl qayd eta olgandi.

Lukaku ushbu turnirdagi gollari sonini to‘rttaga yetkazib oldi va Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar