13:46 / 27.06.2018
4 107

«Nasaf»ning yana bir yetakchisi jamoani tark etdi

«Nasaf»ning yana bir yetakchisi jamoani tark etdi
Namanganning «Navbahor» klubi rossiyalik himoyachi Igor Golban bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda namanganliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, futbolchi yangi jamoasi tarkibida 5-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Golban 1990 yil 31 iyulda Rossiyaning Sochi shahrida tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning «Sochi - 04» (2008), “Jemchujina - Sochi” (2009-2011), «Lokomotiv» (2011-2016), “Shinnik” (2013-2014), «Ximki» (2014), «Sochi» (2014), Chexiyaning “Sigma” (2012-2013), O‘zbekistonning «Qo‘qon-1912» (2015), «Navbahor» (2016 yilning 1-davrasi), “Nasaf” (2016 yilning 2-davrasi – 2018 yilning 1-davrasi) klublari safida to‘p tepgan.

Igor 2016 yilning 1-davrasida «Navbahor»da o‘ynab, 14ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgandi. Shundan keyin esa faoliyatini qarshiliklar tarkibida davom ettirgandi. Golban «ajdarlar» safida 43ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta to‘p muallifiga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ning yana bir yetakchisi jamoani tark etdi