15:45 / 27.06.2018
9 099

Shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik jajji Jahon chempionlari Toshkentda (foto)

Шахмат бўйича ўзбекистонлик жажжи Жаҳон чемпионлари Тошкентда (фото)
Foto: MOQ matbuot xizmati
Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi II Jahon chempionati yakunlangani va musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar rapid yo‘nalishidagi bahslarda 2 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), 2 ta kumush (Afro‘za Hamdamova, Olmos Rahmatullayev), blis bellashuvlarida esa 3 ta oltin (Humoyun Begmuratov, Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova) hamda 2 ta kumush (Ruqiya Olimova, Shahrombek Karimov) medallarini qo‘lga kiritdi.

Umumiy 9 ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistondan so‘ng ikkinchi o‘rinni rossiyalik shaxmatchilar band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka ukrainalik sportchilar yakun yasadi. Jahon chempionlari bugun, 27 iyun kuni erta tongda Toshkentda tantanali ravishda kutib olindi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik jajji Jahon chempionlari Toshkentda (foto)