
JCH-2018 musobaqasi “F” guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Meksika hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Yekaterinburg Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Yevropa vakillarining yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debyuti esa shvedlarga omadli keldi, 50-daqiqada Augustinsson jamoasini oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Meksika darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Grankvist aniq bajarib jamoasining ikkinchi golini urdi.

74-daqiqada Alvares o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob yirik ko‘rinishga keldi.

Shu tariqa, Shvetsiya muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan holda 1/8 finalga 1-o‘rinni olib yo‘l oldi yo‘l oldi. Meksika esa Germaniyaning mag‘lubiyati sabab, keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi.
JCH-2018
“F” guruhi 3-tur
Meksika – Shvetsiya 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 50 Augustinsson, 0:2 – 62, penalti Grankvist, 0:3 – 74, avtogol Alvares.
Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun, Errera, Galyardo (Fabian, 65), Vela, Guardado (Korona, 75), Losano, Ernandes.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Larsson (Svensson, 57), Ekdal (Xilyemark, 80), Forsberg, Berg (Telin, 68), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Galyardo (1), Larsson (26), Moreno (61).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar