"CAFA U-16 Championship" musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi afg‘onistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarga Temur Mamasiddiqov (2ta), Igor Chikrizov va Husayn Norchayevlar mualliflik qilishdi. Keyingi uchrashuvni Usmon Toshev shogirdlari 7 iyul kuni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin soat 17:00da "Milliy" stadionda boshlanadi.
Afg‘oniston - O‘zbekiston 1:4.
Hakamlar: Meder Taychiyev, Eldo‘st Mirzabekov, Qanot Mirzabekov (barchasi Qirg‘izistondan), Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston).
Gollar: Sardor Abdurashidxo‘jayev (8-avtogol), Temur Mamasiddiqov (29, 43), Igor Chikrizov (40), Husayn Norchayev (88).
Afg‘oniston: Sharif Omonzoda, Ismatulloh Kozimi, Muhammad Amin Nizomiy, Ali Zohidiy, Abdul Munir Hazratiy (Ali Sino Valizoda, 87), Fayzuddin Shirzad, Muhammad No‘’mon Valizoda, Samir Samandariy, Abdul Hada Sadiqi, Sajad Ali Xaliliy, Abuzar Rahmoniy (Toryalay Xamderd, 68).
O‘zbekiston: Mo‘minrizo Qodirov, Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Abdullayev, Muhammadyusuf Nosirov, Diyorbek Rahimqulov, Temur Mamasiddiqov (Farruhbek Muxtorov, 85), Mironshox Sattorov, Igor Chikrizov (Husayn Norchayev, 84), Jasurbek Jamoliddinov, Ruslan Roziyev, Azizbek Hafizov (Doniyor Sobirov, 66).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi