
Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel JCh-2018 musobaqasi finalida qaysi terma jamoalar o‘ynashini taxmin qildi.
«Ko‘rsatilayotgan o‘yinlarga qaraydigan bo‘lsak, bizni finalda Belgiya – Xorvatiya uchrashuvi kutib turibdi. Bu haqiqatga eng yaqin variant. Ammo Angliyani ham e’tibordan chiqarmaslik kerak. Shu vaqtga qadar inglizlar stressga tushmadilar va ko‘p ter to‘kmay g‘alabalarga erishdilar.
Xorvatiya ularga muammo tug‘dira oladi. Ammo hammasi boshidan boshlanadi, eng muhimi jarohatlar bo‘lmasa bo‘lgani», – deydi Shmeyxel.
Eslatib o‘tamiz, yarim final bahslarida Belgiya termasi Fransiya bilan o‘ynaydi, Angliya esa Xorvatiya bilan.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar